Davomli tvitlarida Tramp Ukraina böyiça yetakçi mutaxassis, Vakillar Palatasidagi impiçment eşituvlari markazida turgan podpolkovnik Aleksandr Vindmanni telefon muloqoti töğrisida «xato ma'lumot» yetkazgani haqida yozgan.
Yakunlangan haftada AQŞ tarixida uçinçi marta mamlakatning amaldagi prezidentini impiçment orqali lavozimidan çetlatişga uriniş muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Endi Tramp Oq uy ma'muriyatidagi kadrlarni qayta körib çiqişga kirişdi.
Impiçment barbod böldi. Bu Donald Tramp va Amerika siyosati uçun nimani anglatadi?
Juma kuni AQŞning Yevroittifoqdagi elçisi Gordon Sondland prezident uni Bryusseldan çaqirib olayotganini ma'lum qilgandi.
Undan bir neça soat avvalroq esa Oq uy xavfsizlik xizmati binodan podpolkovnik Aleksandr Vindmanni çiqarib yubordi.
Uning egizagi, şu vaqtgaça Milliy xavfsizlik kengaşi qoşida katta yurist sifatida işlab kelgan Yevgeniy Vindman ham işini yöqotdi: uni ortga, AQŞ armiya vazirligidagi işiga qaytarişdi.
Tramp rasmiy bayonotida podpolkovnik Vindman töğrisida salbiy munosabat bildirgan va Amerika telekanallari faoliyatini tanqid qilgan.
«Men uni umuman tanimaganman va heç qaçon (bilişimça!) uçraşmaganman, ammo u telefon muloqotlarim haqida ma'lumotni notöğri yetkazib, itoatsizlik qildi. Boşliği u haqida mutlaqo yomon tavsifnoma berdi, Vindmanda vaziyatni baholaş, buyruqlarga böysuniş va ma'lumotlarni sir saqlaş böyiça muammolar bor ekan. Boşqaça aytganda - «Yöqol», - deya yozgan Tramp.
Vindman nega kerak bölmay qoldi?

Ötgan yilning noyabrida podpolkovnik Vindman kongressda körsatma bergandi. Öşanda u Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy örtasida 2019 yilning 25 iyulida bölib ötgan telefon suhbati tarkibidan taşvişda ekanini bildirgandi.




















