AQŞ Özbekiston va Afğoniston örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantiriş uçun bir million dollar miqdorida moliyaviy yordam körsatadi. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşuvdan keyin aytib ötdi.
«Bugungi muloqot yakuni böyiça aytişim mumkinki, hamkorligimiz bundan keyin ham izçil davom etadi. Istagimiz Özbekistondagi islohotlar jarayoniga Amerika biznesi vakillari ham munosib hissasini qöşsin, yangi iş örinlari yaratilsin. Biz Özbekistonda moliya va soliq tizimida davom etayotgan islohotlarga texnik yordam körsatişga tayyormiz. Uçraşuvda xavfsizlik masalalari ham muhokama qilindi. Bu örinda Özbekistonning Afğonistonda tinçlikka erişiş böyiça sa'y-harakatlarini olqişlaymiz», deya qayd etdi Maykl Pompeo.
AQŞ Davlat kotibi AQŞ Özbekiston bilan Afğoniston örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantiriş uçun bir million dollar miqdorida moliyaviy yordam körsatişini ma'lum qildi.
U AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining mintaqa böyiça sa'y-harakatlariga ham töxtaldi. Uning bildirişiça, AQŞ Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiya işlab çiqqan.
«Ayni paytda Toşkentda ötadigan «Markaziy Osiyo – AQŞ» şaklidagi vazirlar uçraşuvini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Hamkorlikning uşbu şakli terrorizmga qarşi kuraşiş, mintaqaviy, energetik muammolarni hal qiliş imkonini beradi», dedi Pompeo.
Öz navbatida, Maykl Pompeo Afğonistonda tinçlikka erişiş böyiça Özbekiston taşabbuslarini alohida qayd etdi.
«Özbekiston qöşni mamlakat sifatida Afğonistonda tinçlikka erişiş böyiça izçil sa'y-harakatlarni amalga oşirib kelmoqda. Biz buni yuqori baholaymiz», degan u.
«Barçasini töğri qilmoqda». Komilov AQŞning Afğonistondagi harakatlariga baho berdi
Bugun kunning ikkinçi yarmida «Markaziy Osiyo – AQŞ» («C5+1») şaklidagi vazirlar uçraşuvini ötkaziş rejalaştirilgan.

















