5 fevralda AQŞ senatorlari impiçment doirasida Trampga hokimiyatni suiiste'mol qiliş va kongress olib borgan tergovga qarşilik körsatiş böyiça qöyilayotgan ayblovlarni köpçilik ovoz bilan rad etişdi. 

“Biz jahannamni bosib ötdik. Bu menga nisbatan adolatsizlik böldi, çunki men heç qanday yomon iş qilmagandim. U yerda qonundan asar ham yöq edi, bu siyosiy masala bölgan”, deb aytgan Tramp Oq uyda respublikaçi kongressmenlar, huquqşunoslar, maslahatçilari va jurnalistlar bilan matbuot anjumanida.

Tramp, şuningdek, yaqinlaridan “ular bu vaqt içida boşdan keçirişlariga töğri kelgan hodisalar” uçun uzr söradi.

“Men oilamdan ular ba'zi kasal, yovuz odamlarning çirkin til biriktirişidan ötişlariga töğri kelgani uçun uzr söramoqçiman”, deb ta'kidlab ötgan AQŞ prezidenti. 
 
Trampning aytişiça, unga qarşi “yalmoğizlar ovi” u 2016 yilda saylov kampaniyasiga kirişgandayoq boşlangan. 
 
“Oxirgi yillarda biz yalmoğizlar ovi bilan töqnaş keldik. Bu haqiqiy yovuzlik, korrupsiya, şarmandalik, falokat, yaramaslar edi... Uşbu hodisa heç qaçon boşqa prezident bilan yuz bermasligi lozim”, deb aytgan AQŞ prezidenti. 

U, şuningdek, Demokratlar partiyasi uni hokimiyatdan çetlatiş uçun yangi urinişni amalga oşirişi mumkinligini aytdi.  

“Ular buzuq odamlar. Ular bir-biriga suyanadi – butun tarix davomida, nafaqat hozir. Ular bir-biriga yelimdek yopişadi. Ular aynan şunday yöl bilan impiçmentni ham uyuştirişdi. Ulardan heç kim ajralib çiqmasa, har kimga qarşi impiçment boşlay oladilar”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.

AQŞ prezidenti yiğilganlarga The Washington Post naşrining “Tramp oqlandi” sarlavhali sonini namoyiş qilgan. 

“Bu men The Washington Post’da öqigan yagona yaxşi sarlavha”, deb kinoya qilgan Tramp.

AQŞ prezidentining aytişiça, uning Oq uydagi çiqişi “matbuot anjumani, nutq yoki boşqa bir narsa emas, bu – tantanadir”.  

Tramp, şuningdek, öz saylovoldi ştabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari böyiça olib borilgan tergov va bu masala böyiça maxsus prokuror Robert Myuller tayyorlagan hisobotni yodga olgan.

“Bizga nisbatan haddan ziyod adolatsizlik qilişdi. Boşida Rossiya, Rossiya, Rossiya deyildi. Buning hammasi uydirma edi”, deb ta'kidlab ötgan Oq uy rahbari.