AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 fevral kuni kongressda an'anaviy tarzda millatga murojaat qildi.

Öz çiqişini boşlaşdan avval u vitse-prezident Mayk Pens va Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosiga hisoboti nusxalarini topşirdi. Pelosi xonim bu vaqtda unga qölini uzatdi, ammo prezident uning qölini siqişdan boş tortdi. 

Foto: Twitter/@SpeakerPelosi

Nutqi davomida öz ma'muriyatining iqtisodiy muvaffaqiyatlarini tölqinlanib sözlagan Tramp bugun özining impiçmenti böyiça ötkaziladigan ovoz beriş jarayoni haqida çurq etmadi.

Donald Tramp nutqini yakunlayotganida uning ma'muriyati amerikaliklarga yangi taşabbuslar va yangi yutuqlar taqdim etişini bildirdi.

«Bizning ruhimiz hali yoş, quyoş hamon nur soçmoqda, ilohiy rahmat porlamoqda, mening fuqarolarim, eng yaxşilari hali oldinda», - deya yakunladi AQŞ prezidenti.

Kongress yiğilişi zalidagi respublikaçilar uning va'dalarini olqişlar bilan kutib olişdi va Donald Trampning qayta saylanişiga çaqiruvçi maşhur şiorni takrorlaşdi: «Yana tört yil!».

Uning murojaati kiçik mojaro bilan yodda qoladigan böldi. Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi esa Tramp öz sözlarini tugatgaç örnidan turdi va namoyişkorona tarzda oldida turgan qoğozlarni - prezidentning nutqi yozilgan matn nusxalarini parça-parça qilib yirta boşladi.

Yiğilişdan keyin Politico naşri muxbirining bu boradagi savoliga javob berar ekan, spiker öz harakatini «iltifot» deb atadi. «Boşqaça iş tutişim ham mumkin edi, lekin men eng iltifotli javobni qaytardim. Bu haqiqiy iflos nutq edi», - degan Nensi Pelosi.