Amerika yetakçisi öz murojaatnomasida xalqaro munosabatlar, soğliqni saqlaş va iqtisodiyot haqida söz yuritdi. Quyida unda tilga olingan asosiy fikrlar keltirilmoqda.

Taşqi siyosat

·        Eron yadro quroliga ega bölişga urinişdan voz keçişi, terror, ölim va vayrongarçiliklar tarqatişni bas qilişi kerak. Agar bu amalga oşsa, Vaşington qisqa muddat içida Tehronga qarşi sanksiyalarni bekor qilişi va uning iqtisodiyotiga yordam berişi mumkin.

·        Öldirilgan general Qosim Sulaymoniy "Eron rejimining eng şafqatsiz qassobi edi". U "dunyoning boş terrorçisi" bölib, Iroqdagi minglab harbiylar hamda "sanoqsiz erkaklar, ayollar va bolalarning" halok bölişi va jarohatlanişida aybdor.

·        IŞID 100 foiz yöq qilindi, uning yetakçisi va asosçisi — "qonxör qotil al-Bağdodiy" ölgan.

·        AQŞ Afğonistondan qöşinlarini olib çiqib ketiş ustida işlamoqda, çunki "Amerikaning eng uzoq davom etgan uruşi"ga çek qöyiş payti keldi. AQŞ harbiylarining qat'iyati bu mamlakatda misli körilmagan rivojlanişga erişilişiga olib keldi va tinçlik muzoralari davom etmoqda. 

·        Jahon hamjamiyati Falastin-Isroil nizosiga barham beriş uçun ijodiy yondaşuvlar kerak. Mintaqadagi millionlab yoşlarga yanada yorqin kelajak uçun imkoniyat zarur.

·        AQŞ Venesuela, Nikaragua va Kubada "demokratiya tiklanişiga" harakat qilmoqda. "Maduroning razolati parçalab taşlanadi va yakson qilinadi", çunki Vaşington "sotsialistik diktator"ga qarşi qaratilgan 59 davlatdan iborat diplomatik koalitsiyaga yetakçilik qilmoqda.

Iqtisodiyot

·        Xitoy önlab yillar davomida Qöşma Ştatlardan foydalanib keldi, ammo savdo kelişuvining birinçi bosqiçi imzolanişi bunga çek qöydi. Endi ikki mamlakat munosabatlari ularning butun tarixi davomidagi eng yaxşi munosabatlariga aylandi.

·        Kanada va Meksika bilan endilikda USMCA deb atalayotgan Şimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA) töğrisidagi kelişuvning qaytadan tuzilişi qariyb 100 mingta yangi iş örni yaratadi hamda Amerika fermerlari va zavod işçilari uçun eksport imkoniyatlarini sezilarli darajada oşiradi.

·        Iqtisodiy pasayiş davri tugadi. AQŞ armiyasi butunlay qayta taşkil etildi, çegaralar himoyalangan, oilalar esa farovonlikda.