Epidemiya boşlanişida Xitoy matbuoti sodir bölayotgan voqealar haqida nisbatan erkin va batafsil yoza olardi. Ammo endi hukumatning virus paydo bölişiga munosabatini tanqid qilgan mualliflarning materiallarini internetdan olib taşlaş boşlandi. Ma'murlar epidemiya tarqalişi boşlangan vaqtda yangi virus haqida ogohlantirgan va ötgan hafta Uxandagi bemorlardan virus yuqtirib olganidan söng vafot etgan doktor Li Venlyanni jim qilişga urinişgan.
Bi-bi-si muxbirlari Xubey provinsiyasida kattaligi böyiça ikkinçi örinda turuvçi San'yan şahri şifoxonasi hamşirasi bilan suhbatlaşişga muvaffaq bölişdi. U ismini töliq aytmaslikni va intervyuda faqat Yao familiyasi qoldirilişini söragan.
Yao «harorat klinikasi»da işlaşini aytgan. U yerda yangi koronavirus mavjudligini tekşiriş uçun qon tahlili ötkaziladi.
Kasallik boşlanişidan oldin Yao oy taqvimi böyiça yangi yilni qarindoşlari bilan ötkaziş uçun Guangjou provinsiyasiga borişni rejalaştirgan edi. Uning bolasi va onasi avvalroq ketişdi, ammo Yao epidemiya boşlangandan söng köngilli sifatida San'yan şifoxonalaridan birida qolişga qaror qildi.
«Ha, biz hayotga bir marta kelamiz, lekin men aniq bir ovozni eşitdim: «Sen qolişing kerak», - deb eslaydi Yao.
Dastlab u qarori töğriligiga şubhalangan. «Men öz-özimga dedim: hamma narsaga tayyor tur va ehtiyot çoralarini kör. Agar himoya kiyimlari bölmasa, men ustki kiyimdan foydalanişim mumkin. Agar himoya niqobi topilmay qolsa, butun Xitoy böylab tarqalgan döstlarimdan ularni poçta orqali yuborişlarini söraşim mumkin edi. Har qanday holatda ham çiqiş yölini topiş mumkin».
Yaoning sözlariga köra, şifoxona yaxşi jihozlarga ega bölgani uni quvontirgan. Ularning bir qismi rasmiylar tomonidan yuborilgan bölsa, qolganlari xususiy kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan. Ammo şifoxonada hali ham himoyaviy kiyimlar va niqoblar tanqisligi mavjud va şuning tibbiyot xodimlarining hammasi ham yaxşi himoyalangan deb bölmaydi.
«Bu juda oğir iş. Buni amalga oşiriş tuşkunlikka sabab böladi va ruhiy jihatdan oğir. Ammo aksariyat vaqtlarda öz xavfsizligimiz haqida öylaşga vaqtimiz bölmaydi», — deb qöşimça qildi Yao.
















