Virusdan zararlanganlar soni 37 mingdan oşdi

Şu bilan birgalikda, infeksiyadan zararlaniş holatlari sekinlaşgan, ammo ekspertlarning sözlariga köra, epidemiya özining yuqori çöqqisiga yetib ortga qaytayotgani haqida gapirişga hali erta.

Epidemiya öçoği bölgan Xitoyning Xubey provinsiyasida halok bölganlar soni 780 kişiga yetgan.

Jami ölimlar soni esa 910 nafarni taşkil qilmoqda.  Ikki ölimdan taşqari (Filippin va Hongkong) barça ölimlar Xitoyning materikdagi qismida qayd etilgan.

2003 yilda 20dan ortiq davlatda SARS epidemiyasi (oğir ötkir respirator sindromi) oqibatida halok bölganlar soni 774 nafarni taşkil etgan.

Şuningdek, yangi koronavirus bir oydan sal köproq vaqt içida 2012 yildan beri Yaqin Şarq respirator sindromidan (MERS-CoV) vafot etganlardan köproq odam hayotdan olib ketdi.

MERS koronavirusi ilk bor 2012 yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan. 2012 sentyabrdan dunyoning 27 davlatida MERS bilan 2494ta kasallaniş holati qayd etilgan, undan 858 kişi vafot etgan. 

Vaqtinçalik NCP nomini olgan yangi turdagi koronavirus 40171 kişida aniqlangan. 190 mingdan ortiq xitoylik tibbiyotçilar nazorati ostida.

«Yangi turdagi kasallikka vaqtinça «yangi turdagi koronavirus keltirib çiqaruvçi zotiljam» nomini berişga qaror qilindi. Uning ingliz tilidagi nomlanişi Novel Coronavirus Pneumonia bölib, qisqartmasi NCP şaklida», deyiladi Xitoy soğliqni saqlaş davlat qömitasi bayonotida.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotida hozirça unga xalqaro nom berilmagan. JSST yanvar oyi oxirida koronavirus tarqalişini jahon miqyosidagi favqulodda holat deb e'lon qilgandi.