2019 yil 29 iyun kuni Kun.uz’da Oqdaryo tumani va Farhod şaharçasi oraliğidagi aholi punktlaridagi ekologik vaziyat haqida «Odamlar nafas olişga qiynalmoqda: Oqdaryoda ammiak çiqindisi havoni çidab bölmas darajaga keltirgan» sarlavhali suriştiruv e'lon qilingandi.
Xususan, örganiş jarayonida aholi Farhod şaharçasidagi suv tozalaş inşootidan badböy hid tarqalişidan şikoyat qilgan, suv tozalaş inşooti vakillari esa hovuzlaridagi tozalovçi bakteriyalarga şirinmiya ildizini qayta işlaşga moslaşgan «Rays prodakşn biznes» MÇJdan keladigan ammiakli oqova suvlar zarar yetkazayotganini ma'lum qilgandi.
«Rays prodakşn biznes» MÇJ direktori maqolada keltirilgan holatga butunlay barham berilganini ma'lum qilib Kun.uz’ga murojaat qildi.
Korxona direktori imzosi bilan kelgan maktubda suv inşootiga boradigan kanalizatsiya tarmoği aholi va «Suvoqova» DUK vakillari iştirokida kömib yuborilgani ma'lum qilingan.
Şuningdek, töplanib qolayotgan çiqindilarning bir qismi Samarqand şahridagi maxsus çiqindi poligoniga olib borilayotgani aytilgan. Uşbu çiqindilar, qişloq xöjaligida öğit vazifasini bajarişi sababli çiqindilarning qolgan qismi bir qator korxonalarga şartnoma asosida yetkazib berilayotgani ta'kidlanib, tegişli hujjatlar ilova qilingan.
«Bugungi kunda barça muammo bartaraf etilgan bölib, korxonamiz tomonidan tabiatga va suv inşootiga heç qanday zararli çiqindi taşlanmaydi. «Rays prodakşn biznes» MÇJ jamoatçilik fikrini inobatga oladi va qadrlaydi», deyiladi korxona tomonidan yuborilgan munosabatda.
Mazkur korxonada bölib, kömib taşlangan kanalizatsiya quduği örni va çiqindilarning qay tartibda poligon hamda boşqa korxonalarga yetkazib beriş tartibi bilan tanişdik. Farhod şaharçasida joylaşgan suv tozalaş inşooti hozirgi kunda «Rays prodakşn biznes» MÇJ korxonasidan inşootga oqova çiqindilar kelmayotganini tasdiqladi.
Ma'lum bölişiça, «Rays prodakşn biznes» MÇJ ayni damda şirinmiyani tozalaşdan çiqqan ammiakli suvni talabgor korxonalarga öğit sifatida sotmoqda.

















