Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi kanallardan biridan chaqaloq jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi kanallardan biridan yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topilgani haqida videoxabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko‘ra, bugun, 10 fevral kuni ertalab soat 10:35da ichki ishlar organlariga Chilonzor tumani hududidagi kanalda chaqaloq jasadi topilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan kanalda, «Sovplastital» korxonasi binosi ort tomonida yuz bergan.
Bildirilishicha, voqea joyiga IIB FMB rahbariyati va Chilonzor tumani prokuraturasi xodimlari yetib borgan. Ish Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostiga olingan.
«Telegram tarmog‘idagi qator guruhlarda hodisa Olmazor tumanida yuz bergani haqida tarqalgan ma'lumot noto‘g‘ri», - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
18:44 / 22.03.2026
2026 yilda O‘zbekistondagi 50dan ortiq kanal va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlanadi
20:42 / 06.03.2026
Suv yo‘qotilishi yuqori kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi
20:34 / 15.01.2026
Xatirchida 6 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi
14:07 / 27.12.2025