Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan ayolni qutqardi, biroq uning o‘zini kuchli oqim olib ketib qoldi
Namanganda Milliy gvardiya xodimi daryoga o‘zini tashlagan ayolning hayotini qutqarib qoldi, biroq uning o‘zini kuchli oqim olib ketib qolgan
Joriy yilning 10 fevral kuni soat 10:00larda Namangan viloyati Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi (Farg‘ona halqasi avtoyo‘lining 98-km.dagi) ko‘prigida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi daryoda cho‘kayotgan ayolga ko‘zi tushib, uni qutqarish maqsadida zudlik bilan o‘zini suvga tashlagan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, u ayolni kuchli oqim domidan olib chiqib, qirg‘oqdagi sherigi qo‘liga topshirgan holda, uning hayotini saqlab qolgan. Ammo qish faslidagi suv harorati hamda unda ko‘p vaqt qolib ketganligi natijasida xodimning tomirlari tortishib qolishi mumkinligi sababli daryoning kuchli oqimi uni olib ketib qolgan. Ayol esa zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi.
Ma'lum bo‘lishicha, qutqarilgan ayol 1994 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi N.O. bo‘lib, joniga suiqasd qilish maqsadida daryoga o‘zini tashlagan. Holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Milliy gvardiya xodimining qidiruv-qutqaruv ishlari hamon olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:46
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026