2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 iyulga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

yo‘ldosh shaharlarni rivojlantirish natijasida asosiy shaharga (yadro shahar) bo‘lgan demografik yukni qisqartirish;

yo‘ldosh shaharlarga bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va ma'rifiy e'tiborni kuchaytirish orqali mahalliy aholining shaharlar ichida harakati erkinligini ta'minlash;

yo‘ldosh shaharlarda sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;

yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Urbanizatsiya agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.