Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, qurbonlar bor
Romitan tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan, yana ikki kishi shifoxonaga murojaat qilgan
2020 yilning 10 fevral kuni taxminan soat 07:30larda, haydovchi, 24 yoshli A.R. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida “Xorazm-Buxoro” A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab Buxoro viloyati Romitan tuman hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning chekkasiga chiqib ketgan va bir necha marta aylanib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilar 49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A. hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026