JSST vakili O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa byurosi mintaqaviy direktori Xans Klyugening O‘zbekitonga rasmiy tashrif bilan keldi. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Xans Klyuge boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy ustuvorliklaridan biri ekani alohida qayd etilgan. Jumladan, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda mamlakat salmoqli natijalarga erishdi, bu jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda. JSST delegatsiyasi rahbari ushbu yutuqlarni tasdiqlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini ta'kidladi. O‘zbekistonning vaksinatsiya sohasidagi yutuqlari, jumladan, deyarli butun aholi emlash bilan qamrab olingani e'tirof etildi.
Qayd etilishicha, global tahdidlar va xavflar haqida so‘z borganda, JSST delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Mamlakatda virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha salmoqli profilaktik ishlar olib borilgani ta'kidlandi.
Shu bilan birga, bezgak, polimiyelit va mamlakat miqyosidagi boshqa kasalliklarga to‘liq barham berish borasida O‘zbekiston erishgan yutuqlar e'tirof etildi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z borganda, parlament bilan yaqin hamkorlik qilishga urg‘u berildi. Bu sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan xalqaro standartlarni qonunchilik darajasida mustahkamlash imkonini beradi.
BMT barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan onalik va bolalikni muhofaza qilish, xususan, JSSTning «Xavfsiz onalik» loyihasini birgalikda amalga oshirish, jamiyatda uchraydigan kasalliklar profilaktikasini davom ettirish sohasida hamkorlik qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham muhokama etildi.
Mavzuga oid
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024
O‘zbekiston parlamenti a’zolari Bokuda o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
22:55 / 16.11.2024