Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada yil davomida tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Dasturda viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarini boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish, xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlarida malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi.















