Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Misol uchun, Xunan provinsiyasining Chansha shahrida yashovchi 66 yoshli marafonchi Li Chjanchje har kuni o‘z uyida 10 kmlik masofani yugurib o‘tmoqda. U qo‘shnilarini bezovta qilmaslik uchun iloji boricha ohista yugurishga harakat qilmoqda.
Chjanchje 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Olimpiya mash'alasini olib boruvchilardan biri bo‘lgan va Tokio, Boston, London, Berlin, Chikago va Nyu-York marafonlarida ishtirok etgan.
Jumladan, Xanchjouda yashovchi taniqli havaskor marafonchi Pan Chansu o‘ziga xos rekord ham o‘rnatdi: u karantin tufayli ko‘chada mashq qila olmagani sababli kvartirasida 50 km masofani yugurib o‘tgan.
https://www.dailymail.co.uk/embed/video/2105032.html
“Men bir necha kun ko‘chaga chiqmadim va buyog‘iga qo‘lni qovushtirib o‘tirolmayman”, deb yozgan Pan Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Sportchining ta'kidlashicha, u mehmonxonadagi ikkita stolni birlashtirib, 8 metrlik “maydoncha” hosil qilgan va uning atrofida 6250 marta yugurib chiqqan. Buning uchun unga 4 soat 48 soniya talab etilgan. Pan buning isboti tariqasida video va suratlar bilan bo‘lishgan.


















