Qozog‘iston birinchi prezidenti va yetakchisi (elboshi) Nursulton Nazarboyevning nabirasi, 29 yoshli Oysulton Nazarboyev Buyuk Britaniya rasmiylaridan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda KazTAG va Vlast.kz portallari Oysulton Rohatning Facebook’dagi postiga tayanib xabar berdi, ushbu akkaunt aynan Nazarboyevga tegishli ekani aytiladi.
Ya veryu v to, chto yesli narod ob'yedinitsya protiv vlasti vnutri strany, to nam budet pod silu perevernut gosudarstvo vverx...
Posted by
on
Oysulton o‘z qarorini Nazarboyevlar oilasi tomonidan o‘tkazilayotgan bosim bilan izohladi. Uning iddao etishicha, «Rossiya va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi yuqori darajadagi korrupsiya» hamda «xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar haqida ma'lumot»ga ega.
Oysultonning so‘zlariga ko‘ra, «Nurbank» aksiyadori va Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev «o‘ldirilganidan» keyin onasi, prezidentning to‘ng‘ich qizi va Senat spikeri Darig‘a Nazarboyeva biznesmen hamda sobiq qaynotasi Qayrat Bo‘ronboyevga (445 mln dollarga egalik qiladi, Forbes’ning Qozog‘istondagi 50 nafar eng nufuzli tadbirkorlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallaydi) qarshi «sahnaorti urushini» boshladi.
«Hozirgi paytda oilam menga har tomonlama tazyiq o‘tkazishga harakat qilmoqda va men keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘ldim. Men Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radim», - deb yozdi u. O‘z postida Nazarboyev barcha tafsilotlarni Times gazetasiga intervyuda xabar qilishni rejalashtirganini qo‘shimcha qildi.
Oysulton Nazarboyev - 2015 yil fevral oyida Vena qamoqxonasida o‘lik holda topilgan tadbirkor Rohat Aliyev va Qozog‘iston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li. 2007 yilda «Nurbank»ning eng yirik aksiyadori Aliyev ushbu kredit tashkilotining rahbarlarini o‘g‘irlashda ayblangandi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Aliyev bankirlarning aktivlarini o‘z nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilgan. U Avstriyada yashiringan, u yerda 2014 yilda qo‘lga olingan, Qozog‘iston uning ekstraditsiyasini talab qilgan.















