Xitoyda koronavirusdan bir kun içida 116 kişi vafot etdi, kasallanganlar soni 4823 nafarga oşdi. Bu orada xitoylik tibbiyotçilar virusni davolaşning samarali usulini topişganini ma'lum qilişdi.
12 fevralda koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni keskin oşib ketgandan keyin 13 fevraldagi ma'lumotlar biroz taskin beruvçi körinadi. Biroq virusning tarqalişi sur'atlari yuqoriligiça qolmoqda. Virusdan vafot etganlarning umumiy soni 1426 nafarga yetdi.
13 fevraldagi qurbonlarning aksariyati, ya'ni 88 nafari virus tarqaliş öçoği hisoblangan Uxan şahrida yaşagan.
Bir kun avval virusdan 241 kişi vafot etgani, kasallanganlar soni bir kun içida 14840 nafarga köpaygani ma'lum qilingandi. Kasallaniş holatlari sonining avvalgi kunlarga qaraganda bunday keskin oşib ketişi virus diagnostikasining yangi usuli qöllanişi boşlangani bilan tuşuntirilgandi.
Şuningdek, Xitoy ortida kasallanganlar soni 500 nafardan oşdi. Ta'kidlanişiça, 63 mingdan köproq kasallaniş holatidan 505 tasi xorijiy davlatlarda qayd qilingan.
Xitoydan taşqarida kasallanganlardan deyarli yarmi Yaponiyaga töğri kelmoqda. Şuningdek, Singapurda 60 ga yaqin, Tailand va Janubiy Koreyada 30 nafardan odam kasallikka çalingan. Şuningdek, Germaniyada 16 ta, Avstraliyada 15 ta va Fransiyada 11 ta kasallaniş holati qayd etilgan.
Bu orada xitoylik şifokorlar virusdan davolaşning samarali usulini topişganini ma'lum qilişdi. Ta'kidlanişiça, ular virusga çalinganlarga undan soğayib ketgan odamlar qoni plazmasini quyişmoqda. Bu haqda Uxandagi şifoxona rahbari Çjan Dinyuy matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Mutaxassislarning tuşuntirişiça, kasallikni yenggan ba'zi odamlarning qonida koronavirusga qarşi kuraşda yordam beruvçi antitanalar topilgan.
Global Times naşrining xabar berişiça, uşbu usul yordamida oğir ahvolda bölgan 10 bemorni davolaşga muvaffaq bölingan.


















