Jahon | 08:20 / 16.02.2020
6326
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Cygnus fazoviy kemasi 3,5 tonna yuk bilan XKS tomon uchirildi

AQShning Antares raketasi Cygnus fazoviy kemasi bilan birga 4-urinishda Xalqaro koinot stansiyasi tomon yo‘l oldi. Kema stansiyaga 3,6 tonna yuk yetkazadi.  

Foto: NASA

Raketa AQShning sharqiy sohili vaqti bilan 15 fevral soat 15:21da NASA’ning Uollops kosmodromidan (Virjiniya shtati) uchirilgan. Cygnus kemasi XKS bilan 18 fevralda tushashishi rejalashtirilgan. Kema stansiyaga 3,6 tonna yuk, jumladan oziq-ovqat, o‘nlab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun qurilma va materiallar yetkazib beradi. 

Dastlab raketaning uchirilishi 9 fevralga belgilangandi, biroq startga 3 daqiqa qolganda yomon ob-havo sharoiti va texnik nosozliklar sababli 13 fevralga, so‘ngra 14 fevralga qoldirilgandi. 

E'tiborlisi, kema XKSdan ajralgandan so‘ng unda vaznsizlikda olovning tarqalishini o‘rganish uchun yong‘in uyushtirishmoqchi.

Kema XKSda 11 maygacha qoladi. 25 mayda kema orbitadan chiqarilib, atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketadi. U o‘zi bilan stansiyadan qariyb 2,5 tonna chiqindini olib ketadi.
 
Ayni vaqtda XKSda rossiyalik Oleg Skripochka hamda amerikalik Endryu Morgan va Jyessika Meir ish olib bormoqda.

 

Mavzuga oid