Partiya yetakçisining fikriça, 14 fevral kuni röy bergan holat «bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oşirilgan qöpol qonun buzilişi, jamoat tartibiga putur yetkaziş harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bölgan jinoyat sifatida baholanişi kerak».

U «sönggi yillarda mamlakatda inson manfaatlari ustuvorligi, huquq va erkinliklarini ta'minlaş, turmuş şaroitlarini özgartiriş maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli işlar» haqida gapirib, qonun ustuvor bölgan davlatlardagina xalqqa samarali xizmat qiliş mumkinligini aytgan.

«Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan uşbu jinoyat oçiq tergov qilinişi va aybdorlarga keskin jazo belgilanişi kerak», – deya talab qilgan Alişer Qodirov.

Şundan söng deputat Facebook’dagi uşbu posti ostiga qoldirilgan e'tirozli mulohazalarga munosabat bildirgan.

– Essiz işonç!..
– Afsus qilmang. Tuzatib bölmas xato emas. Zudlik bilan tuzating...

– Avvalo sabablarni, vaziyatni örganib çiqiş şart! «Davlat xizmatçisini öz vakolatini amalga oşirişga tösqinlik qiliş» degan moddani tirkab qöymasdan.
– Uyingizga kimdir tovuqxona qurib olsa, kimga murojaat qilasiz? IIV! U sizning huquqingizni tiklaş uçun uyingizga kelsa-yu, boyagi tovuqxona egasi ketmon bilan savalasa... Xalqning uyi buzilmayapti! Fermerning huquqi tiklanyapti.

– Tovuqxona qurişga ruxsat bergan fermer-çi? U nima qilib ötirgandi tovuqxona qurilayotgan payt? Öşanga çora köriş kerak.
– Töğri, fikringizga töliq qöşilaman.

– Bu uylar bir kunda qurilib qolmagan. Nega öşa tuman hokimligi mas'ullari jim qarab turişgan qonun buzilişiga? Ikkinçidan, xalqni sovuq qiş kunlarida urib qaqşatib, öşa joydan haydaş qançalik töğri? Uçinçidan, öşa yerlik aholi noqonuniy uy quribdi ham deylik. Hokimiyat vakillari va IIB xodimlari kelib zöravonlik qilişlarini siz yoqlab çiqqaningiz tuşunarsiz, örtoq deputat.