2020 yil 31 yanvar kuni Termiz şahri böyiça IIO FMB xodimlari tomonidan maxsus tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir jarayonida Termiz tumanida yaşovçi 39 yoşli R.S. qölbola usulda özi yasagan öqotar qurol va 12 dona patronni jami 1 750 000 söm evaziga sotayotgan vaqtida uşlangan va undan qurol va patronlar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga köra, olib qöyilgan qölbola qurol va patronlar jangovar holatda otiş uçun yaroqli ekanligi körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz şahri böyiça IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, R.S.,ga nisbatan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















