18-19 fevral kunlari Yevropaning asosiy turnirida 1/8 finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har bir juftlikda intriga mavjud: raqib murabbiylarning qarashlari turlicha, turli taktik qarorlarni kutish mumkin, yosh to‘purarlar to‘qnashuvi, milliy chempionatlarni «gullatayotgan» jamoalar. Quyida birinchi haftada bo‘lib o‘tadigan to‘rt o‘yin bo‘yicha mulohazalar keltiriladi.

Holand vs Mbappe

«PSJ»ning so‘nggi mavsumlarda YeChLdagi muvaffaqiyatsizligini omadsizlikka yo‘yish mumkin: o‘tgan yili parijliklar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi ilk davriga duch kelib qolishgandi, undan avvalgisida — «Real»ga, undanam avvalgisida esa — «Barselona» bilan dramatik javob o‘yini. Nihoyat fransuzlarning omadi kelgandek edi — 1/8 finalda bu safargi raqib Dortmundning «Borussiya»si... Ammo bunday deb o‘ylaganlar adashadi!

Dortmund avval ham hujum chizig‘ida yaxshi ijrochilarga ega edi: Torgan Azar, Marko Roys va Jyeydon Sancho mavsumninng birinchi qismida nemislar jamoasi hujum chizig‘ida javlon urishdi. Ammo qishki transferlar darichasida «asalarilar» Chempionlar ligasining kuzdagi o‘yinlarida kashfiyotga aylangan yosh futbolchi — norvegiyalik Erlin Holand bilan tarkibni kuchaytirishdi. 19 yoshli vunderkind turnirning guruh bosqichida «Zalsburg» safida 6 o‘yinda 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Germaniya chempionatida u kutilganidan ko‘ra kuchliroq o‘ynamoqda: 4 o‘yinda 7 gol, xG jadvali (xavfli vaziyatlar) bo‘yicha uning natijasi juda zo‘r - 3,58. U deyarli har bir imkoniyatidan foydalanmoqda — 10ta zarbadan 7ta gol.

Lekin «PSJ» ham bu borada «Borussiya»ga munosib javob bera oladi. Neymar, Di Mariya, Ikardi va hujum chizig‘ining asosiy yulduzi — Kilian Mbappe. Ichki chempionatdagi o‘yin vaqtida hisob jamoasi foydasiga 5:0 bo‘lib turgan vaqtda o‘zi ham bu gollardan biriga muallif bo‘lgani holida maydonni tark etmagan yosh fransuz golga juda chanqoq. 21 yoshli futbolchi YeChLning guruh bosqichida judayaxshi natija qayd etgan: 5 o‘yinda 5 gol. Mbappe — parijliklarning Fransiya chempionatidagi eng yaxshi to‘puraridir — uning hisobida 18 o‘yinda urilgan 15 gol bor, xG bo‘yicha ko‘rsatkichi — 13,47.

Bu juftlikdagi yana bir intriga mudofaa chizig‘i bilan bog‘liq: jamoalarning himoyachilari golga chanqoq yosh hujumchilarning ishtahasiga qanday dosh berarkin?

18 fevral (seshanba)