Respublika hududida ob-havo şaroitining keskin özgarişi, qor yoqişi va avtomobil yöllarida muzlamalar hosil bölişi, avtomobil yöllarida harakat qatnaşçilari uçun bir qator noqulayliklar keltirib çiqarişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi yöl-transport hodisalari sodir etilişiga sabab bölişi mumkinligini inobatga olgan holda, haydovçilardan transport vositasini boşqariş paytida, ayniqsa, dovon yöllarida harakatlanişda murakkab ob-havo şaroitini hisobga olişlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini söragan.

Qayd etilişiça, zarurat bölmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalar yölni kesib ötişda öta huşyor bölişi, kattalardan yöllarda bolalarning harakatini nazoratga olişi kerak.