Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

davlat iştirokidagi korxonalarni xatlovdan ötkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yönalişlardagi korxonalarda davlat iştirokini kamaytiriş;

tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeiga ega davlat iştirokidagi korxonalar sonini kamida 20 foizga qisqartiriş;

xususiy sektorni davlat organlari xöjalik funksiyasini bajaradigan sohalarga jalb qiliş;

xususiylaştiriş imkoni bölmagan davlat korxonalari boşqaruviga professional menejyerlarni, xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş;

davlat organlari tomonidan ta'sis etilgan, raqobatga salbiy ta'sir körsatuvçi, davlat va tabiiy monopoliya sub'yektlari iştirokidagi yirik xöjalik sub'yektlari bilan affillangan davlat unitar korxonalari sonini qisqartiriş;

davlat iştirokidagi korxonalarni tuzişda monopoliyaga qarşi kuraşiş organining oldindan roziligini oliş mexanizmini joriy etiş;

raqobat muhiti şakllangan, bazaviy tarmoq korxonalari bölmagan korxonalardagi, jumladan donni qayta işlaş, alkogol mahsulotlari, quriliş materiallari işlab çiqariş va boşqa taşkilotlarda davlat uluşlarini sotiş va ularning yuqori turuvçi birlaşmalarini tugatiş;

“davlat unitar korxonasi” taşkiliy-huquqiy şaklini qonunçilikdan çiqariş böyiça taklif tayyorlaş;

davlat iştirokidagi bazaviy va infratuzilmaviy korxonalarni isloh qiliş, ular faoliyatiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etiş, xalqaro auditdan ötkaziş va xalqaro reyting oliş;

Navoiy va Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik, yuqori daromad beradigan korxonalarni aksiyalaştirib, nazorat uluşini davlatda saqlab qolgan holda, aksiyalarning bir qismini sotuvga çiqariş;

2020 yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuziş, zaxiralarni qayta hisoblaş, korporativ oşkoralikni tatbiq etiş işlarni yakunlaş;

neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boşqarişga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, ularning samaradorligini oşiriş va xarajatlarini optimallaştiriş, qarz miqdorini kamaytirişga erişiş;