2019 yili Özbekistonning 3 viloyatidagi istirohat boğlarida attraksionlar qulaşi bilan boğliq hodisalar röy bergan va ularda inson ölimi bilan boğliq holatlar ham qayd etilgan edi. Özbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi rahbari uşbu hodisalarga olib kelgan asosiy omilni bildirdi.
«Bu yilgi davlat dasturida yangi-yangi madaniyat va istirohat boğlari qurilişi belgilangan. Ya'ni, işdan kelgan fuqarolar munosib dam olişlariga şaroitlar barpo qilinadi.
Mana, Jizzax, Farğona va Namanganda bölgan voqealar. Asosiy sababi, yana öşa bilimsizlik. Attraksionni örnatganlar maxsus bilimga ega bölmagan.
Misol uçun, Jizzaxda bölgan voqeaning asosiy sababi – tayyorlaş jarayonidagi hisob-kitob yöqligi. Çizmalar bölmagan. Qanday metall yöllaş zarurligiga doir talablari yöq. Ikki tadbirkor kelişgan. Biri ehtiyot qismni işlatilgan metalldan tayyorlab bergan, işlatişga ruxsati bölmasa, pul topaman, deb işlatgan va oqibatda bir ayolning hayotiga zomin böldi.
Mavzuga doir:
- Jizzaxda bir kişining ölimiga sabab bölgan attraksion töliq bitmagan holda olib kelib örnatilgan - Davlat qömitasi
- Farğonada nosoz attraksion bir ayol ölimiga sabab böldi
- Namanganda 18 yoşli qiz attraksionda vafot etdi, viloyat hokimligi viloyatdagi barça attraksionlar texnik körikdan ötkazilişini ma'lum qildi
Xuddi şunday voqea Namanganda ham röy berdi. Unda 18 yaşar qiz vafot etdi. Bunda yoş yigitlar yoşligiga borib, attraksion sinovi davrida, öşa qizga ruxsat berib, uçirişadi. Qiz ötirib uçiladigan qurilmada tik turgan holatda böladi, ötirgan holatda boşga tegmaydigan temir detal tik turganda qizning boşiga katta tezlikda uriladi va fojia röy beradi», - deydi qömita raisi.
Uning sözlariga köra, boş vazir topşiriğiga binoan, barça viloyatlardagi attraksionlar xavfsizlik nuqtai nazaridan tekşirilmoqda. Viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda talabga javob bermaydigan attraksionlarni oldirib taşlaş, bu sohadagi xodimlarni öqitiş, tayyorlaş, metalga bölgan talablar, texnik qoidalarni işlab çiqiş ustida iş olib borilyapti.











