Xitoydagi Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazi (CCDC - Chinese Centre for Disease Control and Prevention) ma'lumotlariga köra, bemorlarning 80 foizdan köproğida kasallik yengil şaklda ötadi, surunkali kasalliklarga çalingan va katta yoşdagi odamlar infeksiyani yuqtirib oliş oliş xavfi yuqori.
Tadqiqot tibbiyot xodimlari ham yuqtiriş xavfi yuqori bölganlar guruhiga kirişini ta'kidlamoqda.
Yaponiyadagi laynerda karantin muddati tugamoqda, Xitoyda 60 mln kişi karantinda. Sönggi ma'lumotlar
Seşanba kuni koronavirusdan Uxan kasalxonasi direktori Lyu Çjimin vafot etdi. U 51 yoşda edi. U epidemiya natijasida vafot etgan eng yuqori darajadagi tibbiyot xodimlaridan biridir.
Uxan şahri infeksiyaning öçoğiga aylangan Xubey provinsiyasida joylaşgan. CCDC tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, uşbu mintaqadagi zararlaniş holatlarining 2,9 foizi halokatli oqibatlarga olib keladi, mamlakatning boşqa mintaqalarida esa - 0,4 foiz. Umuman olganda, koronavirusdan ölim darajasi 2,3 foizni taşkil qilmoqda.
19 fevral kungi ma'lumotlarga köra, Xitoyda jami 74185 kişi xastalangan, 2004 kişi vafot etgan. 18 fevral kuni 136ta ölim va virus yuqtirişning 1749ta yangi holati qayd etilgan. Ölim holatlarining aksari koronavirus öçoği bölgan Xubeyga töğri kelmoqda - 1921 kişi.
Xitoy ma'murlari 14 376 kişi soğayib ketganini ma'lum qilgan.
Tadqiqotdan nimani tuşuniş mumkin?
Uning natijalari Xitoyning Epidemiologiya jurnalida çop etildi. Mualliflar Xitoyda tasdiqlangan 44 672 holatni körib çiqişgan — 11 fevral holatiga köra.
Xitoydagi koronavirusdan ölim darajasi:

Umuman olganda, tadqiqot virus va kasallik keçişi haqidagi avvalgi kuzatuvlarni tasdiqlaydi. Olingan ma'lumotlarga köra, yuqtirganlarning 80,9 foizida kasallik yengil, 13,8 foizida oğir va faqat 4,7 foizida tahlikali bölgan. Hayotdan köz yumganlarning soni nisbatan katta emas, ammo raqam 80 yoşdan oşgan odamlar orasida ösadi.















