Oltinsoy voqeasi: Mahalliy aholi nimadan tahlikada va nimadan umidvor?
|01:31 / 19.02.202093 1569 min
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining «Xalqobod» mahallasida fermer xöjaligiga ajratilgan yer maydonida noqonuniy turarjoylar barpo etgan fuqarolar va huquq-tartibot organlari örtasidagi mojaro katta şov-şuv keltirib çiqardi.
Foto: Skrinşot / You Tube
Mojaro yuzasidan ketma-ket ravişda IIV, boş prokuratura va Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy munosabatlari e'lon qilindi. Bayonotlarda fuqarolarning yer uçastkasini noqonuniy egallaşgani, 14 fevral kuni yuz bergan janjal natijasida ikki nafar içki işlar organi xodimlariga tan jarohati yetkazilganiga urğu qaratildi.
Kim haqligi borasida jamoatçilik fikri ikkiga bölingan. Uşbu bahsli masala yuzasidan deputatlar, partiya rahbarlari ham öz pozitsiyalarini ma'lum qilişmoqda.
Lekin mahalliy fuqarolar tomonidan olingan tasvirlarda xalqobodliklardan biri qonga belanib yotganini köriş mumkin. Tartib posbonlari keksa kişini sudraşgani ham aytilgan. Rasmiy munosabatlarda bu savolga oydinlik kiritilmagan.
Xalqobodda nima bölgandi özi? Kun.uz muxbirlari vaziyatga oydinlik kiritiş va rasmiy munosabatlarda tilga olinmagan jihatlarni örganiş uçun Oltinsoyda böldi.
Xalqobod mahallasi juda katta. Bu yerda yaşovçilarning ota-bobosi ötgan asrning 50-yillarida toğdan tuşib kelib, şu adirliklarni obod qilib, makon tutişgan. Hozir bu maskanda 10 mingdan ziyod kişi istiqomat qiladi. Bu yerdagi aholi uçun ikkita maktab bor. Öqitiş özbek va tojik tillarida olib boriladi.
Mavzuga oid
Qişloqdoşlar fermer yerida uy qurgan 5 yoş oila bu işga noilojlikdan qöl urganini aytişmoqda. Aytişlariça, bitta xöjalikda bir neça oila siqilib yaşagan, şuning uçun alohida rözğor qilib çiqişga majbur bölişgan.
Uyi buzilişi möljallanayotgan yoş oila intervyu çoğida yer uçastkasi fermerdan 2008 yilda olingani, uy esa 2017 yilda qurilganini da'vo qilişdi.
Botir Muhammadiyev va Sunbula Davlatova
Botir Muhammadiyev va Sunbula Davlatova 2012 yilda turmuş qurişgan. Da'voga köra, yerni Botir Muhammadiyevning otasiga fermer bergan. Köp yillar ekin-tikin qilib foydalanib kelişgan. Biroq yerga egalik qiliş uçun birorta hujjat berilmagan.
Ular 2018 yilda ham şu joyda uy qurişga urinib, poydevor örnatişganida, betonlar mas'ullar tomonidan buzib taşlangan.
Turli munosabatlar va çiqişlarda aholi bu noqonuniy uylarni hujjatlaştirib olişga uriniş uçun tezlikda qurgani, bu uylar vaqtinçalik uylar ekani ta'kidlanmoqda. Lekin bu xonadon egalari bu yerda ança vaqtdan beri istiqomat qilib kelişayotganini aytişmoqda.
Ularning sözlariga köra, buziladigan bu uylar uçun rasmiylar boşqa joydan yer taklif qilişmagan, faqat tumanda qurilayotgan köp qavatli uylardan sotib olişnigina tavsiya qilişgan.
Noqonuniy qurilgan deb topilgan va buzilişi kerak bölgan 5ta uydan biri Mehriniso Sattorovaning öğliga tegişli. Onaxonning aytişiça, öğli ikki yildan beri Rossiyada. Lekin IIB ma'lumotnomasida uning nomi ham mojaro vaqtida qarşilik körsatganlar orasida sanab ötilgan.
Mehriniso Sattorova
Gugl xaritasi arxiviga e'tibor bersak, 2018 yil iyul oyida ham yer maydoni egallanmaganiga guvoh bölamiz. Bu yerda heç qanday qurilma yöq. Uzoq 2012 yilda ham bu yerlar dala bölganini xaritadan köriş mumkin. Xulosa qiliş mumkinki, uylar 2018 yil oxirida va 2019 yil boşlarida qurilgan.
Öşa kuni janjal qanday yuz berdi?
Voqea guvohlaridan biri Ğaffor Mirzoyevning hikoya qilişiça, 8 fevral kuni işçi guruh tomonidan turar joylar buzilişi haqida ogohlantiriş berilgaç, qişloq ahli 14 fevral kuni avtobus aytib, tuman markaziga — tuman hokimi bilan uçraşib, masalani muhokama qiliş uçun bormoqçi bölib turişgan.
Ğaffor Mirzoyev
Mirzoyevning sözlariga köra, öşa kuni soat 13:00lar atrofida içki işlar organlari xodimlari uylarni buziş uçun texnika olib kelişgan, lekin aholining qarşiligi tufayli qaytib ketişgan. Keyin 1 soatlar ötib köpçilik bölib qaytişgan. Ularning orasida formadagilar ham, fuqaro kiyimidagilar ham bölgan. Orada janjal boşlangan.
Ğaffor Mirzoyev ham 2008 yilda şu yer şaxsiy tomorqa uçun zaxira qilinganini aytib, 5ta xöjalikka mas'ullar hujjat qilib bermaganini ta'kidladi.
Içki işlar organi vakillari şu yerda uy qurgan oilalardan birining vakili bölmiş Zargul Xolmurodovani homilador bölişiga qaramasdan, sudrab avtobusga olib çiqişgan.
Zargul Xolmurodova
IIB xodimlari sudraganda Xolmurodovaning tizzalari şilinib ketgani aytilmoqda.
Umuman, öşa kuni qişloq ahli tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilişganda ularni qabul qilişmagan. Öşa kungi videolarda boşidan jarohat olgan Ilhom Muhammadiyev ham Termiz şahridagi şifoxonaga olib borib yotqizilgan.
Öşa kuni tuman içki işlar bölimiga avtobusda tört nafar yoş yigit va şu kelinçak Zargul Xolmurodovani olib ketişgan. Faqatgina homilador ekanligini aytganidan söng, yölning yarmida uni avtobusdan tuşirib qoldirişgan. Avtobusda maktab öquvçilari ham bölgan. Oilalar ötgan kunlar davomida faqat janjal xavfi bilan tahlikada yaşab kelişgan.
Qişloq ahli yerlardan 2008 yildan buyon foydalanib kelinayotganini aytişmoqda. Şu bilan birgalikda, qöllarida heç qanday hujjat yöqligini tan olişmoqda. Qişloqda faqat mana şu 5 xonadon noqonuniy qurilmalar uçun e'lon qilingan «prezident amnistiyasi»ga tuşmay qolgan.
Bu esa uylar amnistiyaga ildiriş uçun şoşilinç qurilgani haqida taxminlar paydo qiladi.
Ular nega bunday noqonuniy tarzda şoşilinç uy qurib olişganini oilaviy ahvollari tangligi, turar joyga muhtojlik bilan tuşuntirişdi.
Mahalliy aholi vakillarining sözlariga köra, işçi guruh heç qanday sud qarorisiz, kuç işlatib, ularning mehnat sarflab qurgan uylarini buzişga harakat qilgani odamlarni junbuşga keltirgan.
Mahalliy aholi mas'ullarning taşrifidan yurak oldirgan. Bu yerga viloyat hokimi Töra Bobolov ham kelib, aybdorlarga çora körilişini aytib ötgan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Viloyat hokimi bunday holatga sabab bölganlarning u xoh davlat hokimiyati organi vakili bölsin, xoh oddiy fuqaro — ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, albatta qonuniy çora körilişini aytib ötdi. Şuningdek, uy-joyga muhtoj bu oilalarga qişloqning boşqa joyidan yer ajratib berilişi haqida topşiriq berilganini aytdi.
Çindan ham, xalqobodliklarning aytişiça, faqatgina viloyat hokimi Töra Bobolovning taşrifidan söng, bu masalada ularni heç kim taşvişga solmayapti, ya'ni quloqlari biroz tinçigan.
«Xalqobod»dagilar bu voqea butun respublikada katta rezonans keltirib çiqarganini tuşunib turişibdi.
«Agar şunday bölişini bilganimda bu yerga uy qurmasdim», deydi Mehriniso Sattorova.
Endi döppini olib bir öylab köraylik. Vaziyat oddiy emas. Fermerga tegişli suğoriladigan yer noqonuniy egallangan. Bunday holatlarga indamay qarab turib ham bölmaydi. Çora körilmasligi, jazo ta'minlanmasligi kelgusida yana noqonuniy yer egallaşlar köpayişiga olib kelmaydimi?
Öz xizmat vazifasini olib borayotgan içki işlar organlari xodimlariga fuqarolar tomonidan tajovuz qilinişini jazosiz qoldiriş haqida ham şunday deyiş mumkin.
Keyin, mahalliy aholining huzuriga kelib, quruqdan quruq döq-pöpisa qiliş ham mana şunday xunuk oqibatlarga olib kelişi barça uçun dars bölişi kerak. Bunday masalalarning barçasi huquqiy maydonda hal etilişi lozim. Dalada emas! Masalan, öşa noqonuniy joylaşib olgan xalqobodliklar sud qaroriga asosan yer uçastkasida majburiy tarzda çiqarilganda gap-sözlar kamroq bölar edi. Balkim bölmas ham edi.
Xullas, Oltinsoydagi bu qişloq aholisi uşbu çigal vaziyat tezroq bir tomonga yeçilişini, hal bölganda ham imkon qadar özlari uçun manfaatli tomonga hal bölişini istaşadi.
Köramiz, viloyat va tuman rasmiylari bunga qanday yeçim topişar ekan? Kelgusida şunday holatlar boşqa biror joyda takrorlanmasligi uçun ham mojaro kelib çiqişiga yöl qöygan aybdorlarga albatta qonuniy çora körilişi kerak.