Senatning yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev töy-marosimlarni ötkaziş tartibini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlik qöllaş masalasi haqida gapirdi.

«2019 yil 14 sentyabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining «Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qöşma qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan töy va marosimlarni ötkaziş tartibini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlik belgilaşni nazarda tutadigan «Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Loyihada töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkaziş tartibini uşbu tadbirlarni ötkazuvçi şaxs tomonidan buziş holatlarida qöllanadigan jarima miqdori belgilangan. Qonun loyihasi Qonunçilik palatasi deputatlari ma'qullagandan keyin şu oyda Senat muhokamasi uçun kiritiladi», deya Sayfullayevning sözlarini keltirmoqda muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, parlament kengaşlari qarori ijrosini ta'minlaş uçun Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi tomonidan «Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni taşkil etiş va uni ötkazişda fuqarolar yiğinlari raislari va profilaktika inspektorlari faoliyatini taşkil etiş tartibi» işlab çiqildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita ma'lumotlariga köra, Musulmonlar idorasi Fatvo bölimi 2019 yil oktyabrida «Töy, marosim va ma'rakalarni me'yorida ötkaziş haqida fatvo» loyihasi tayyorlandi.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 1 yanvardan «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi Qöşma qarori bilan tasdiqlangan Nizom kuçgan kirgan va endilikda oilaviy tadbirlar belgilangan qat'iy talablar asosida ötişi lozim.