Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan bemor vafot etgan ilk holat qayd etildi
Mamlakatda virus yuqtirganlar soni 100 kishidan oshgan. Avvalroq 80ga yaqin kishi koronavirusga chalingani xabar qilingandi.
Janubiy Koreyada Covid-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etdi, deb xabar berdi mamlakat OAV.
Ma'lumot berilishicha, bemor Chxondo shahridagi kasalxonada vafot etgan.
Bundan tashqari, mamlakatda virus yuqtirganlar soni 100 kishidan oshgan. Avvalroq 80ga yaqin kishi koronavirusga chalingani xabar qilingandi.
Xitoyda oxirgi sutkada koronavirusdan 114 kishi (Xubeyda 108 kishi) vafot etib, qurbonlar umumiy soni 2118 nafarga yetdi, 1779 kishi davo topgan. Kasallanganlarning umumiy soni 74,57 ming nafarni tashkil qilmoqda.
Xitoy tashqarisida virusdan umumiy hisobda 8 kishi vafot etgan. Eron va Hongkongda 2tadan, Tayvan, Yaponiya, Fransiya va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026