Yevropaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorligimiz, uzoq yillik tajribamiz yuqori malakaga ega mutaxassislarimiz sizning loyihalaringiz barcha manzur bo‘ladigan darajada tatbiq etilishiga xizmat qiladi.

AQUA LIFE GROUP SYSTEM kompaniyasi 1996 yilda bir necha kompaniyaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Asosiy faoliyat yo‘nalishlari dizayn, loyihalashtirish, qurilish, bino va inshootlar rekonstruksiyasi, gidroinshootlar (suzish basseynlari, saunalar, hammomlar va favvoralar), landshaft dizayni, ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish kabilardan iborat.

AQUA LIFE GROUP SYSTEM kompaniyasining 10 gektar hududni egallagan va maxsus bog‘i bor va unda turli-tuman o‘simliklar yetishtiriladi. Bu yo‘nalishda biz Italiyaning o‘simlik yetishtirishga ixtisoslashgan «Giorgio Tesi Group», «Vivai Piante Bartolini Massimo AZ Agricola», «Vannucci Piante», «Innocenti & Mangoni Piante» kabi nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.

Kompaniyamiz mutaxassislari landshaft dizayn yaratishdan boshlab o‘simliklarni kafolatli parvarishlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda sifatli xizmat ko‘rsatadilar. Zero bunday loyihalar ustida ishlash bo‘yicha alohida bo‘lim faoliyat yuritadi.

Kompaniya faoliyati davomida 2500 dan ortiq loyihalar va gidroinshootlar barpo qilingan. Ular orasida jamoat va xususiy basseynlar, saunalar, favvoralar mavjud.

Foto: Xorazmiy.uz

Loyihalarimizning ayrimlari bilan tanishing:

- Poytaxtdagi «NAVRO‘Z» istirohat bog‘ida obodonlashtirish;

- Hamid Olimjon nomidagi maydonni ko‘kalamzorlashtirish;