Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Medvedev bilan «tandem» saqlanib qolishini ma'lum qildi
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Medvedev «faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirdi xolos»
Foto: Dmitriy Azarov / Kommersant'
Rossiya prezidenti Vladimir Putin TASS’ga bergan intervyusida Dmitriy Medvedev bilan «tandem» parchalangani haqidagi fikrga qo‘shilmadi. «Hech narsa parchalanib ketmadi», - dedi Putin.
«Biz Dmitriy Anatolevich bilan qanday ishlagan bo‘lsak, hozir ham xuddi shunday ishlamoqdamiz». «U faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu to‘g‘ri, bu tabiiy», - deya ma'lum qildi prezident.
Shuningdek, Putinning xabar berishicha, Medvedev bilan do‘stona munosabatlarga ega. «Bizning o‘rtamizda qandaydir sir yo‘q. Shuning uchun biz hukumatning iste'fosi masalasini muhokama qildik. U nima bo‘layotganidan xabardor edi», - dedi davlat rahbari.
Putin Medvedevning hozirgi lavozimini (Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari) izohlab, xuddi RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy taxmin qilganidek, uni vitse-prezident lavozimi bilan taqqoslamaslikni taklif etdi. U buni vitse-prezident davlat rahbari o‘rnini egallashi mumkinligi, Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari esa bu yo‘nalishda prezident yordamchisi ekani bilan tushuntirdi.
Bundan tashqari, Putin Xavfsizlik kengashi rahbarining o‘rinbosari lavozimi shoshilinch ravishda joriy etilgani haqidagi fikrni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident konstitutsiyadagi bo‘shliqni o‘z farmoni bilan to‘ldirish imkoniyatiga ega hamda shundan keyingina uni qonun sifatida qabul qiladi. «Bu odatiy amaliyot, bu yerda g‘ayrioddiy narsa yo‘q», - dedi u.
Vladimir Putin 15 yanvar kuni Dmitriy Medvedevning iste'fosini qabul qildi va Mishustinni yangi hukumat rahbari sifatida taklif qildi. Davlat dumasi prezidentning taklifiga rozi bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:43
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
16:05
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
14:32
Vengriya Rossiya gazi importi taqiqi sabab Yevroittifoq sudiga murojaat qildi
12:50