2020 yil 13 fevral kuni taxminan soat 22:30larda IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida 52 yoşli Ş.X. boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomaşina Jarqörğon tumani hududida töxtatib tekşirilgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, unda avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro 53 yoşli B.Ş.ning yonidan umumiy oğirligi 792,60 gr.ga teng “gaşiş” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlaştirib olingan.

Bundan taşqari, B.Ş.ning körsatmasiga asosan, joriy yilning 14 fevral kuni  Termiz şahrida ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida, B.Ş. özining tanişlari, Tojikiston Respublikasi fuqarolari 37 yoşli X.D., va 51 yoşli A.I.dan sof oğirligi 1,10 kg. bölgan “gaşiş” giyohvandlik vositasini jami 3.000 AQŞ dollari evaziga sotib olayotganida uşlangan va tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (köp miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.