Xitoy sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissiyasining 21 fevral tongidagi ma'lumotlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq yana 889ta holat qayd etilgan. Mamlakatda virusdan zararlanganlarning jami soni 75 ming 465 nafarni tashkil qilmoqda.

So‘nggi bir kunda kasallikdan 118 kishi vafot etgan, mamlakatda qurbonlarning jami soni — 2236 nafar.

Yana 2109 bemor tuzalgan va ularga javob berilgan. Epidemiya boshlanganidan buyon XXRda 18 ming 264 kishi tuzalib uyiga qaytgan. Dunyo bo‘ylab tuzalganlar soni 18 438 nafar.

Jahonning qolgan qismida koronavirus mingdan ortiq odamda qayd etilgan, asosan kruiz layneri karantinga olingan Yaponiyada. Dunyo bo‘ylab jami 30 davlatda (Xitoyni ham qo‘shib hisoblaganda) virus yuqtirganlar soni 76177 nafarni tashkil etmoqda.

Xitoyning materik qismidan tashqarida kasallikdan jami 11 kishi vafot etgan  O‘lim holatlarining 3tasi Yaponiyada ro‘y bergan, Hongkong va Eronda 2 nafardan, Fransiya, Filippin, Janubiy Koreya va Tayvanda bir nafardan odam koronavirus qurboniga aylangan. Virusning jami qurbonlari soni 2247 nafar.

USA Today nashrining yozishicha, shu orada AQShning o‘zida qish boshlangandan beri mavsumiy grippdan 10 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi. Umumiy hisobda, JSST ma'lumotlariga ko‘ra, mavsumiy epidemiya har yili 290 mingdan 650 minggacha inson vafotiga sabab bo‘ladi. Angliyaning o‘zida o‘rtacha 17 ming kishi gripp tufayli hayotdan ko‘z yumadi. 

Kaliforniyada cho‘chqa grippi avj olishi boshlangan 2009 yilda bir yilning o‘zida H1N1 virusidan kamida 150 ming inson qurbon bo‘lgandi, ba'zi hisob-kitoblarga ko‘ra esa 500 ming kishi.

Bi-bi-si rus xizmati Xitoy koronavirusi qanday xavfga egaligi va undan qo‘rqishga asos bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritdi.