O‘zbekistonda Google, Yandex va Facebook’ning resurslari joylashtiriladi
Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublika hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi

Foto: Xalqaro press-klub
Joriy yil 20 fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbirda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA bilan birgalikda amalga oshirilayotgan «Bir million dasturchi» loyihasi aholining keng qatlamlarini masofaviy ta'lim bilan qamrab olishga, kerakli kadrlarni tayyorlashga ko‘mak beradi.
«Internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda foydalanuvchilar ehtiyoji uchun internetga ulanish imkoniyati tezligini 10 marotabaga oshirish (aholida internetga ulanish imkoniyatini o‘rtacha 10 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlarda esa 100 Mbit/s dan 1000 Mbit/s gacha), xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s.) kengaytirish loyihasini amalga oshirishi nazarda tutilgan.
Shuningdek internet tarmoqlarida yirik xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi.
Viloyatlararo magistral transport va ma'lumotlar uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik darajasi 2 barobarga, ya'ni 200 dan 400 Gbit/s.gacha, tumanlararo o‘tkazuvchanlik darajasini 1,5 barobarga, ya'ni 40 dan 60 Gbit/s.gacha kengaytiriladi.
Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi. Hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirish maqsadida keyingi 2 yilda 4 400 ta (2020 yilda 2 200 ta, 2021 yilda esa 2 200 ta) mobil aloqa tarmoqlarining baza stansiyalari o‘rnatiladi, bu loyihaning asosiy e'tibori chekka aholi maskanlariga qaratiladi.
Joriy yilning o‘zida aholi maskanlarining keng polosali mobil aloqa qamrovini 70 foizdan 85 foizgacha yetkazilishi rejalashtirildi», - dedi Olimjon Umarov.
Bundan oldin, O‘zbekiston yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta'minlamoqchi ekani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi
Jahon | 12:12
-
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 12:05
-
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi
Jamiyat | 12:04
-
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi
Jahon | 11:40
Mavzuga oid

14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi

13:30 / 02.01.2024
O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda

10:10 / 05.06.2023
AKTni joriy etishga mas’ul davlat xizmatchilari har 3 yilda majburiy malaka oshiradi

10:52 / 13.01.2023