Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududi orqali xalqaro avtosayohat tashkil etiladi
Transport vazirligida Eron, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududi orqali xalqaro avtosayohat tashkil etish masalasi muhokama etildi
Joriy yilning 21 fevral kuni transport vaziri Elyor G‘aniyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo yo‘lchilar kengashi kotibiyati rahbari Bo‘ri Karimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda MDH Hukumatlararo yo‘lchilar kengashi kotibiyati va MDHning transport bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek, joriy yilning 24-26 iyun kunlari Rossiyaning Saratov shahrida “Avtomobil yo‘llarini saqlash va ta'mirlash uchun texnologiya hamda uskunalar” mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur konferensiyada MDH Hukumatlararo yo‘lchilar kengashi faoliyati bilan bog‘liq masallar, xalqaro transport koridorlari va MDH davlatlarining xalqaro avtomobil yo‘llari holati va ularni yaxshilash, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi muammolar yechimi kabi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda joriy yilning avgust oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo yo‘lchilar kengashi kotibiyati va qator vazirliklar bilan hamkorlikda Eron, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududi orqali xalqaro avtosayohat (avtokarvon) tashkil etish masalasi muhokama etildi, deyiladi Transport vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
21:22 / 18.04.2026