«Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti taşabbusi bilan Samarqanddagi «Registon-Plaza» mehmonxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi. «Hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalaniş: nazariya, amaliyot va istiqbollar» mavzusida ötkazilgan konferensiyada köplab xalqaro ma'ruzaçilar qatnaşdi.

Ayniqsa, germaniyalik professor Desmond Vining çiqişi qatnaşçilarda katta taassurot uyğotdi. U Özbekistonning, ayniqsa, Samarqandning sayyohlik borasida salohiyatiga yuqori baho berdi. Şimoliy Kavkaz federal universiteti (Rossiya), Qozon federal universiteti, Soçi davlat universiteti, Xazar universiteti (Ozarbayjon), Arman turizm instituti (Armaniston) va yana köplab xalqaro oliygohlar bilan hamkorlikda ötkazilgan konferensiyada Sandip Valiya (Hindiston), Tanzil Muhammad Multazam (Indoneziya), Pudja Çoudxari (Hindiston), Beyken Çizel (Turkiya) kabi maşhur ma'ruzaçilar nutq sözladi

Konferensiyada Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Botir Nurullayev sözga çiqib Samarqandda sayyohlar oqimini oşiriş uçun yangi turistik marşrutlarni oçiş kerakligini aytdi. Uning fikriça, Samarqanddagi tarixiy binolargagina işonib qolib sayyohlar sonini oşiriş rejasini bajarib bölmaydi. Sayyohlar uçun Samarqand taşqarisida ham boriş mumkin bölgan joylarni köpaytiriş kerak.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida «Ipak yöli» xalqaro turizm universiteti talabalari orasida turizm böyiça yozilgan eng yaxşi maqola sohiblari sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Konferensiya doirasida «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti hamda Lovely professional universiteti (Hindiston), Kana universiteti (Hindiston), Sidoardjo universiteti (Indoneziya) va Xalqaro Islom akademiyasi (Özbekiston) kabi oliygohlar örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ipak yöli xalqaro turizm universiteti jamoatçilik bilan işlaş piar bölimi
















