Janubiy Koreyada yangi koronavirus yuqtirişning 204ta holati qayd etildi. Mamlakat epidemiya kölami böyiça dunyoda Xitoy (75 mingdan oşiq bemor) va Yaponiyadan (700dan ortiq zararlaniş) keyingi uçinçi yirik öçoqqa aylandi.

Janubiy Koreyada virusdan zararlanganlar soni hafta boşida 30 nafardan oşmasdi, ammo payşanba kuniga qadar raqam 100ga yetib, juma kungi holatga köra 200dan ortdi. Şundan söng, boş vazir Çon Se Gun mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi. Seuldan 300 km uzoqlikda joylaşgan, 2,4 million aholi yaşovçi Tegu şahri Covid-19’ning bu mamlakatdagi asosiy öçoği bölib turibdi. 

Janubiy Koreya rasmiylari kasallanişning 204 holatidan kamida 144tasini Sinçondji xristian diniy taşkiloti bilan boğlamoqda. Taşkilotga 1984 yilda özini Iso Masihning yangi timsoli deb atovçi voiz Li Man Xi tomonidan asos solingan.

Foto: GETTY IMAGES

Sekta deb hisoblanuvçi uşbu taşkilot umumiy hisobda turli mamlakatlarda 200 mingdan ortiq izdoşlariga ega. Xabarlarga köra, Sinçondji a'zolari xizmat paytida jismoniy aloqa qilişadi va kasalliklarga befarq ekanliklari aytiladi. Ular abadiy hayotga işonişadi, ularning nazdida faqat iymoni zaif kişilar kasal böladi va öladi.

Tegu şahrida koronavirus tarqalişining sababçisi deb Sinçondjining 61 yoşli izdoşi hisoblanmoqda. Kasallik alomatlari unda 10 fevral kuni yuzaga kelgan, ammo xabarlarga köra, u çet elga çiqmaganini vaj qilib, virus tahlilidan ikki marta boş tortgan. Ayol 18 fevraldagi qat'iy Covid-19 taşxisigaça kamida ikkita diniy marosimda qatnaşişga ulgurgan. U Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan 31-şaxs böldi va hozirda uşbu virusning mamlakatdagi aniqlangan asosiy tarqatuvçisi bölib turibdi. Uning özi kimdan yuqtirgani haqida hozirça ma'lumot yöq.