Navbatdagi suhbatdoşimiz – Oliy Majlis Senati a'zosi, ÖzFA Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Şavkat Ayupov böldi.

Olim matematik fanining mohiyati, boşqa fanlar bilan uzviyligi va boşqa mavzularda olim va rahbar sifatidagi qaraşlari bilan örtoqlaşdi.

– Özingiz haqingizda, ilmda bosib ötgan yölingiz töğrisida sözlab bersangiz.

– Yoşligimdan matematikaga qiziqişim katta bölgan, ayniqsa yuqori sinflarda. Öşa vaqtlari akademik Sirojiddinov rahbarligida matematika böyiça respublika olimpiadalari ötkazilardi. Men unda qatnaşib ğolib bölganman. Söng ittifoq böyiça ötkaziladigan olimpiadaga Novosibirsk şahriga yozgi maktabga olib borişdi. Öşanda matematik bölaman, deb uzil-kesil qaror qilganman.

Keyin ToşDU (hozirgi ÖzMU) mexanika-matematika fakultetiga öqişga kirdim. Maktabda akademiklar Qori Niyoziy, Toşmuhammad Sarimsoqov va Sa'di Sirojiddinovlarning suratlarini körib, qani endi şularga şogird bölsam, degan umid bölardi. Bu orzu röyobga çiqib, 3-kursda kafedralarga taqsimlaş vaqtida aynan Sarimsoqov rahbarligidagi funksional analiz kafedrasiga ötganman.

Şu paytdan boşlab, butun ilmiy va ilmiy-taşkiliy faoliyatim akademik Toşmuhammad Sarimsoqov domla bilan birga bölgan. Men akademiklikka saylanganimda ham domla hayot edilar. Buni ustoz 100 yilligiga bağişlab çiqarilgan kitobda yozgandim: «T.Sarimsoqov domla talabaligimdan akademikligimgaça birga bölgan, ustozlik qilgan».

1979 yilda FA Matematika institutida funksional analiz bölimi oçilgan, ustoz tavsiyasi bilan şu joyga ötganman. Oradan 41 yil vaqt ötgan, ilmiy faoliyatim şu dargoh bilan boğliq bölsa-da, biror kun ham universitet bilan aloqam uzilmagan. Hozirgi kunda ham har payşanba kuni talabalarga dars beraman.

2004 yildan beri Matematika instituti direktori bölib işlab kelaman. 2003 yilda Butunjahon fanlar akademiyasi a'zoligiga saylanganman. Italiyadagi Nazariy fizika markaziga 6 yil davomida assotsiativ a'zo bölganman. Bundan taşqari, Özbekiston matematikasi uçun yangi yönaliş bölgan algebra va operativ algebra sohalarini boşlab berganman, hozirda ham iş olib boryapman.

– Hozir ham institut direktori, ham senator, ham ilmiy faoliyatdan orttirib talabalarga dars beraman deyapsiz. Köpinça dekan va rektorlarning darsini boşqalar ötganini körardik. Talabaga katta ilmga ega professor yoki akademik dars ötişi qanday ta'sir qiladi?