Britaniya hukumatining baholaşiça, kök rangli va zarhal yozuvli yangi pasportlar mart oyidan berila boşlanadi, joriy yil örtalaridan faqat şu rangdagi pasportlarni oliş mumkin böladi. 

“Yevropa Ittifoqidan çiqiş bizga milliy öziga xosligimizni tiklaş uçun ajoyib imkoniyat berdi”, deb aytgan Britaniya içki işlar vaziri Pritti Patel.

Britaniyada hozirda amalda bölgan töq qizil pasportlar 1988 yilda Yevropa Ittifoqi tavsiyasiga köra berila boşlangan. Kök rang britaniyaliklar pasportlarida 1921 yilda birinçi marta qöllangan.

Foto: Sky ntws

Yangi pasportda Britaniya fuqarosi haqidagi ma'lumotni saqlaydigan sahifa ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlaş uçun zarur texnologiyalar böyiça işlangan polikarbonatdan tayyorlanadi. Uşbu material öqni ötkazmaydigan oynani tayyorlaşda ham qöllanadi. Pasport muqovasining orqa tomonida Birlaşgan qirollik tarkibiga kiruvçi Angliya, Şimoliy Irlandiya, Şotlandiya va Uels ramzlari tuşiriladi. 

Içki işlar vazirligida ta'kidlanişiça, yangi pasport uni qalbakilaştiriş yanada qiyinroq bölişi maqsadida “bosma va dizaynning eng yangi va eng xavfsiz usullari” bilan tayyorlanadi. Standart pasportlar avvalgidek 34 sahifadan, xorijga çiqiş pasportlari esa 54 sahifadan iborat böladi.    

2019 yil martida Britaniyada “Yevropa Ittifoqi” yozuvi bölmagan yangi pasportlar berila boşlangan. Uşbu töq qizil rangdagi pasportlar Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etişi kerak bölgan kunning ertasiga – 30 martdan joriy qilingan. Biroq öşanda “Brekzit” yuz bermagan.

Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibini rasman 2020 yil 31 yanvarda tark etdi.