“Foriş” toğ dala poligonida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlarining mutaxassislari uçun “Toğ qöriqçisi” qişki öquv kursi taşkil etildi.
Maşğulotlarni Mudofaa vazirligining tajribali harbiy xizmatçilari olib bordi. Markaziy harbiy okrugning “Foriş” toğ dala poligonida ötkazilgan mazkur kursda asosiy e'tibor amaliyotga qaratildi.


Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, harbiy xizmatçilar real toğ şaroitlarida toğ anjomlari yordamida qoyaga kötariliş va tuşiş, toğli hududda harakatlaniş, toğ daralari va tösiqlardan oşib ötiş, yaradorga tibbiy yordam körsatiş va uni evakuatsiya qilişning zamonaviy usul va uslublarini amalda bajardi.






Avvalroq, Mudofaa vazirligi Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugga qaraşli “Nuriston” poligonida Nuriston garnizonidagi harbiy xizmatçilar iştirokida amaliy maşğulotlar ötkazilgandi.
























