Bugun Özbekiston milliy jamoasi safida öynayotgan köplab futbolçilar «Maş'al» akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Eldor Şomurodov, Otabek Şukurov, Eldor Suyunov kabi milliy jamoaning asosiy tarkib a'zolari aynan Muborakdagi «Maş'al» akademiyasidan çiqqan. Mamlakatning deyarli hamma klubida bu jamoa tarbiyalanuvçisini körişingiz mumkin.

Suratdagi Sardor Rahmonov (öngdan birinçi), Eldor Şomurodovlar (öngdan uçinçi) yuqori darajadagi futbolçi bölib yetişdi

Köp futbolçilar uçun yorqin kelajakka yöl oçgan bu jamoa 2 yildan buyon quyi divizionda öynayotgandi. Avvaliga «Maş'al»ni asossiz tarzda musobaqadan çetlaştirişdi. Keyin «gazçilar» birinçi urinişda yuqori divizion uçun kuraşda «Andijon»ga imkoniyatni boy berdi, ötiş öyinida esa «Söğdiyona» «Maş'al»dan kuçlilik qildi. Superliga formati yana özgarib, «Surxon» va «Dinamo» heç qanday saralaşsiz yuqori divizionga çiqqaç, «Maş'al» ötgan mavsumda deyarli qarşiliksiz yuqori divizionga qaytdi.

Yaqinda Muborak klubiga Portugaliyadan murabbiy kelar ekan degan xabarlar paydo böldi, ammo jamoani öz vaqtida «Maş'al»da öynagan sobiq futbolçilar yangi mavsumga tayyorlamoqda. Futbolçilik faoliyatining aksariyat qismini aynan «Maş'al»da ötkazgan sobiq himoyaçi Dilaver Vaniyev klub tarixidagi 17-murabbiy böldi. Unga Botir Qorayev va futbolçilik faoliyatini ötgan yil yakunlagan Otabek Narzullayevlar yordam berişadi.

«Maş'al» yangi mavsum oldidan bir qator futbolçilarni öz safiga qöşib oldi. Ular orasida legionerlar ham bor. Klubning yangi mavsumga tayyorgarligini kuzatiş jarayonida «Şörtan»ga qarşi örtoqlik öyinini tomoşa qildik.

Bu öyinda nigeriyalik Ifeani Ifeani hamda kamerunlik Ella Ken yaxşi taassurot qoldirdi. Bu futbolçilar «Maş'al» bilan şartnoma imzolagan. «Şörtan» bilan öyinda Denis Vasilev, Georgiy Bugulov, Vasil Beliy kabi legioner futbolçilar ham öynagandi, ammo klub ular bilan şartnoma imzolamaslikka qaror qilgan.