Idora axborot xizmati tahlil natijalari haqida Kun.uz`ga ma'lumot berdi.

Aniqlanişiça:

– 3 884 gektar yer maydonlari özboşimçalik bilan egallangan (22 789 ta holat);
– 6 024 gektar maydonda noqonuniy qurilişlar amalga oşirilgan (52 292 ta holat);
– 9 741 gektar maydondan samarasiz foydalanilgan (477 ta holat);
– 1 418 gektar maydondan maqsadsiz foydalanilgan (591 ta holat).

Birgina Toşkent viloyatida 11 590 ta holatda 1 450 gektar yer maydoni özboşimçalik bilan egallangan, 9 713 ta holatda 855 gektar yerda noqonuniy quriliş qilingan.

Boş prokuratura bu yönalişda huquqni qöllaş amaliyotida aniqlangan muammolar va qonunbuziliş holatlarini barataraf etişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

«Qonun loyihasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining tayançi bölgan yer resurslarini talon-taroj qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarini qaytariş va bunday yerlarda noqonuniy qurilgan uy-joy va boşqa köçmas mulk obektlarini buzişga oid işlarni sudda körib çiqiş tartiblari soddalaştirilmoqda.

Zotan, qonun hujjatlarida közda tutilgan amaldagi tartib yerdan foydalanişdagi qonunbuzarliklarga ma'lum ma'noda imkon yaratmoqda», – deyiladi mahkama xabarida.

Loyihada Yer kodeksining 91-moddasiga hamda Fuqarolik protsessual kodeksining «Sud buyruği» deb nomlangan 18-bobiga qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan.

Unga köra, özboşimçalik bilan egallangan yerlarni yer egasiga, yerdan foydalanuvçiga, yer uçastkasi ijaraçisiga yoki mulkdoriga qaytariş va özboşimçalik bilan qurilgan uy-joy, bino, inşoot yoki boşqa köçmas mulk obektlarini buziş töğrisidagi masalalar sud buyruği tartibida körib çiqiladi.

Bu boradagi amaldagi tartibga muvofiq esa, bitta noqonuniy qurilmani buzdiriş haqidagi hal qiluv qarori Majburiy ijro byurosiga kelib tuşişi uçun örtaça 80 kun muddat talab etiladi.

«Bu esa, noqonuniy quriliş u boşlangan vaqtda aniqlangan taqdirda ham davom etişiga şaroit yaratmoqda, kelgusida uni qonuniy asoslarda buziş jarayonida mulkdor hamda vakolatli organlar örtasida tuşunmovçilik va ziddiyatni yuzaga keltirmoqda», – deb ta'kidlangan Boş prokuratura bildirişida.