Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib ötdi.

Putinning aytişiça, Rossiya sobiq ittifoqning vorisi bölişga va sovet respublikalarining barça qarzlarini tölab berişga rozi bölganda “butun dunyo bundan xursand bölgan”.

“Biz Ukrainaning özi uçungina 16 mlrd dollar tölab berganmiz”, deb aytgan u. 

Putinning aytişiça, Rossiya qarzni tölab beriş evaziga sobiq ittifoqning xorijdagi aktivlarini olişi kerak bölgan. “Biz barça uçun qarzni yopdik, biroq sobiq ittifoq hududida qaytadan taşkil etilgan davlatlardan ba'zilari xorijdagi aktivlarini bizga bermagan”, deb ta'kidlab ötgan Rossiya prezidenti.    

Sobiq ittifoq respublikalari Rossiya qarzni tölaşni öz zimmasiga olişi evaziga ittifoqning xorijiy aktivlaridagi uluşidan voz keçgan.  

Sobiq ittifoq qarzining aniq qiymati ma'lum emas, biroq u 90-100 mlrd dollarga baholanadi. 

Rossiya 2017 yil yozida sobiq ittifoqning barça qarzlarini tölab bergani ma'lum qilingan.