Tadbirda Özbekiston gender tengligini ta'minlaş komissiyasi a'zosi, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva sözga çiqdi.

«Jonini garovga qöyib, yangi insonga hayot bergan ayol borki, dunyo dunyo bölib turibdi.

Özidan keçib, butun umri, mehrini yaqinlariga bağişlagan ayol borki, dunyo dunyo bölib turibdi.

Turmuş gözalroq, obod bölsin deb, bilimi, kuç-quvvatini ayamagan ayol borki, dunyo dunyo bölib turibdi.

Ojiza deb atalguvçi siz ayollar har lahzada kuçingiz, bardoşingizni namoyon qilasiz. Sizning har kuningiz qahramonlik. Közga körinmaydigan, birov bilib, birov bilmaydigan jasoratdir. Siz tahsinga sazovorsiz.

Rözğorim but, birim ikki bölsin deb hunar egallagan, keçalarni bedor ötkazgan muştiparim. Siz tahsinga sazovorsiz.

Har qanday şaroitda öz ustida işlagan, bilim olişga intilgan ziyoli opa-singillarim. Siz şu yurtga ilm durini taratyapsiz. Vatanimizni sizdan tarbiya olgan öğil-qizlar yuqori çöqqilarga kötaradi. Siz tahsinga sazovorsiz.

Barça ayollar kabi özbek xotin-qizlarining ham orzulari çeksiz. Kimdir uçuvçi, yana kimdir harbiy, arxitektor, muhandis, kaşfiyotçi, dasturçi, tergovçi bölaman deydi, qiziqadi şu sohalarga. Ammo erkaklarga nisbatan köproq harakat qilişi kerakligini tezda tuşunib oladi. Ayol bölgani uçungina uning qarşisida köp eşiklar yopiladi. Ana şunday qilib, umid sönadi, orzular çilparçin böladi.

Ammo tarixdan ma'lum, katta kuç talab qiladigan kasblarda ham ayollar yutuqlarga erişgan. Uruşga ketgan erkaklar örniga zavod stanoklarini boşqargan ham xotinlar. Zarur bölsa, qöliga qurol olgan ham şular. Dalaga çiqqan ham ayollardir.

Qançadan-qança ayollar ilm-fan va madaniyatda olamşumul zafarlarga erişgan, dunyo tan olgan, noyob mutaxassis darajasiga yetgan.

Mana misol – jahonga tanilgan ayol dirijyorlardan biri hamyurtimiz, şu zaminda yaşab ijod qilgan Dilbar Abdurahmonova böladi. Akademik Hadiça Sulaymonova Markaziy Osiyoda birinçi sud ekspertizasi institutining asosçisi. Arxeologimiz Galina Pugaçenkova ilmiy işlarining dovruği butun dunyoga tarqalgan. Yoki eng sönggi yangiliklardan