Navbatdagi murojaat ortidan Farğona viloyati Oltiariq tumani tomon yöl oldik.

«Maorif» mahallasining Maorif köçasida yaşovçi fuqarolar 20 yildan beri içimlik suvi yöqligi muammosi haqida yozişgan.

Mahallada ahli muammolarni bayon qilişdi.

Darhaqiqat, bu yerdagilar rözğor uçun eng kerakli bölgan içimlik suvi yöqligidan qiynalib yaşaşmoqda.  

«Köçamizda 20 yildan oşiqroq vaqt içida 100dan ziyod xonadon uçun toza içimlik suvi bölmagan. Suvni katta yöl yoqasidagi buloqdan 1-2 kilometr masofadan taşib içamiz. Hovlilarimizga zax suv tortiş inşootidan suv tortib kelganmiz. Undan tomorqani suğoriş uçun foydalanamiz. Iste'mol uçun yaroqsiz. Tekşiriş uçun suv namunalarini tuman DSENMga olib borganmiz, ular «Içiş uçun yaroqsiz!», deb yozilgan laboratoriya xulosasi bergan.

Toza içimlik suvi bizda doimiy muammo.

Bu masala yuzasidan 2019 yil fevral oyida mahallamizga respublika işçi guruhi kelganida arz qilganmiz. Işçi guruhi vakili tuman mutasaddilariga «10 kun içida örganinglar», deb topşiriq bergandi. Örganildi.

Işçi guruh rahbari Oltiariq tuman «Suvoqova» boşliğidan «Maorif» mahallasidagi içimlik suvi muammosini tez kunda hal etişning imkoni bormi?» deb söragan. Taşkilot rahbari bajarişga va'da bergandi. Biroq va'da va'daligiça qolib ketdi. Köçamizga yonma-yon köçalarda suv minoralari bor. Öşa minoralardan suv tarmoği tortiş mumkinligini işçi guruhi vakillariga aytganmiz. Şundan söng, mahalla vakillari 2-3 marta hokimiyatga borib, tarmoq uçun 700 metr polietilen quvur ajratilişiga erişdik.