Toşkentda ötgan «Paxtakor» va «Navbahor» örtasidagi uçraşuvi bilan Superliga yangi mavsumiga start berildi. Dastlabki turning markaziy bahsi kutilgan şiddat va qarama-qarşilikni taqdim eta oldi.

 Poytaxtdagi uçraşuvga bölgan qiziqiş yuqori edi. Şu bois Namangandan ham köplab muxlislar bahsga taşrif buyurişgandi. Öyin boşidan mezbonlar bahsni nazorat qilişga uringan bölişsa, mehmonlar qarşi hujum ilinjida bölişdi.

26-daqiqaga kelib namanganliklarning rejasi iş berdi. Tezkor qarşi hujumga ötgan Andrey Kançelskis şogirdlari Ivan Solovevning goli evaziga hisobni oçib, mehmon muxlislar joy olgan sektorlarni larzaga keltirişdi – 0:1.

Öyinning kulminatsion voqealaridan biri birinçi bölim yakunida yuz berdi. Asabiy keçgan uçraşuv boş hakami Ilgiz Tantaşev Islom Isoqjonovning harakatini kutilmaganda ikkinçi sariq kartoçka bilan jazolab, Namangan klubi vakillarini maydonda bir kişi kam bölib qolişlariga sabab böldi.

 Maydonda son böyiça ustunlik qilgan mezbonlar 51-daqiqada Igor Sergeyevning goli evaziga muvozanatni tiklaşdi – 1:1.

77-daqiqada esa Arveladze şogirdlari ham maydonda 10 kişi bölib qolişdi. Yegor Krimets ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydondan çetlatildi.

 88-daqiqada esa qanotdan uzatilgan töpdan keyin Igor Sergeyev dublini nişonlab, tomoşabop ötgan Superliganing dastlabki bahsida «Paxtakor»ga irodali ğalabani taqdim etdi – 2:1.

 Superliga. 1-tur. 27 fevral
«Paxtakor» – «Navbahor» - 2:1
Toşkent. «Paxtakor» stadioni
Hakamlar: Ilgiz Tantaşev, Husniddin Şodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin
Gollar: Igor Sergeyev 51, 88 - Ivan Solovyov 26.
«Paxtakor»: 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets, 34.Farrux Sayfiyev, 27.Sardor Sobirxöjayev (77.Eren Derdiyöq, 69), 20.Odiljon Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Dragan Çeran, 9.Jaloliddin Maşaripov, 11.Igor Sergeyev.
«Navbahor»: 1.Ötkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turğunboyev, 11.Islombek Isoqjonov, 15.Obid Jöraboyev, 19.Mirzohid Ğofurov, 22.Igor Golban, 27.Islom Raşidxonov, 28.Xurşidbek Muxtorov, 70.Abbos Ğulomov.