«Paxtakor»ning qançalik kuçli ekanini OÇLda körişga ulgurgandik. Arveladze jamoasi guruhdagi dastlabki ikki öyinda ğolib böldi. Jamoa xalqaro maydondagi bu öyinlar bilan çempionatda ğoliblik uçun kuraş unçalik qizimasligiga işora qilgandek böldi göyo. Ammo «Navbahor» mavsumga yaxşi tayyorlanganini körsatdi.
Ser Aleksning ma'ruzalarini tinglagan Kançelskis «Navbahor»ga qaytgaç Namangan klubi bir qator yaxşi futbolçilar bilan kuçaydi. Rossiyalik murabbiy bugun ularning köpini maydonga tuşirmadi. Zabihullo Örinboyev, Javlon Ibrohimov kabi milliy jamoada ham öynagan legionerlar hozir «Navbahor»da ekanini bilsangiz kerak.
«Paxtakor»ga qarşi öyinda asosan jamoaning ötgan mavsumdagi yetakçilari özini körsatdi. 26-daqiqada Ivan Solovyov «Paxtakor» burçak töpi tepgaç boşlangan qarşi hujumni ajoyib tarzda golga aylantirdi. Goldan keyin «Navbahor» muxlislari bayramni boşlab yuborişdi. Şu kuni «Paxtakor» stadioniga juda köp «Navbahor» muxlislari kelgandi. Bu muxlislarning xursandçiligi köpga çözilmadi. 45+3-daqiqada Ilgiz Tantaşev «Navbahor» futbolçisi Islom Isoqjonovni maydondan çetlatdi.
Bu vaziyatda hakamning qarori turli fikrlarga sabab böldi, çunki hakam yaqqol körinib turgan holat uçun futbolçini maydondan çetlatmadi. Dragan Çeran Isoqjonovga taşlandi va ikki futbolçi ham maydonga yiqildi. Bir qaraşda oddiy öyini holati, ammo hakam «Navbahor» futbolçisiga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi. Balki Tantaşev Isoqjonovga oldin ham sariq kartoçka körsatganini esidan çiqarib qöygandir, axir bunday voqea uning faoliyatida bölgan-ku.
Avstraliya hamda Suriya örtasidagi JÇ-2018 saralaş öyinida Ravşan Ermatov jarohat sabab öyinni davom ettira olmagan va uning örnini öşa öyinda zaxira hakami bölib işlagan Tantaşev egallab qöşimça bölimlarda işlagandi. Öşa öyinda Tantaşev suriyalik futbolçiga sariq kartoçka köratgaç, u oldin ham ogohlantirilganini bilib qolgan va keyin qizil körsatişga majbur bölgandi.
Birinçi sariq bilan ikkinçi sariq bir xil deysizmi? Yöq, hakam bir marta sariq bergan futbolçisini ikkinçi marta ogohlantiriş uçun qöpollik jiddiyroq bölişi kerak. Masalan, Tantaşev Sardor Sobirxöjayevga ikkinçi sariq berişga şoşmagandi, ammo Isoqjonovni ayamadi. Oqibatda öyindagi intriga pasaydi.
Ikkinçi bölimni bir kişi köp bölib ötkazgan «Paxtakor» köp ötmay hisobni tenglaştirdi. 51-daqiqada Jaloliddin Maşaripov hamda Dragan Çeran boşlagan hujumni Igor Sergeyev çiroyli gol bilan yakunladi.
77-daqiqaga kelib Tantaşev qizil kartoçkalar böyiça ham hisobni tenglaştirib qöydi. U «Paxtakor» sardori Yegor Krimetsni maydondan çetlatdi. Qiziği, bu holatda ham hakam qizil kartoçka bermasligi mumkin edi. Krimets Raşidxonovga oyoğini köpol tarzda kötardi, ammo bu vaziyatda kontakt bölmagandek körindi. Aftidan hakam bu borada vaziyatni tenglaştirib qöyiş orqali özi uçun muammoni kamaytirişni istadi.
































































