Unda Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov sözga çiqdi. U öz nutqida taşqi işlar sohasidagi muammolarga töxtaldi.
“Iqtisodiy diplomatiya samaradorligi öta past. Taşqi işlar vazirligi hisobotiga köra respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan ötgan yili 1200dan ortiq biznes-forumlar, 3700dan ortiq özaro taşriflar ötkazildi. Ammo ularning amaliy natijasi deyarli yöq. Har xolda bunday ma'lumotlar keltirilmagan. Ma'lumki ayrim hollarda tadbirlar nomiga va samarasiz ötkazilmoqda”, - dedi Ravşan Alimov.
Uning ta'kidiça, investitsiyalarni jalb etiş maqsadida ötkazilgan tadbirlarning tahlili ularni taşkil qilişda batamom yangi yondaşuvlar lozimligini körsatmoqda.
“Afsuski, turli investitsion konferensiyalar köpinçalik yuzaki taşkil etilmoqda, ularning natijadorligi past, vaholanki ular uçun muayyan miqdorda mablağlar sarflanadi. Qatnaşuvçilarning miqdoriy körsatkiçlarga urğu berib kelinmoqda. Vaholanki, zamonaviy tajriba maqsadli “targetlaş”, ya'ni loyihaga bevosita aloqador 15-20ta iştirokçilar bilan aniq muzokara afzalligini isbotlamoqda”, - dedi Ravşan Alimov.













