Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga turistik vizalar berishni to‘xtatdi
Saudiya Arabistonining turizm vazirligi koronavirusga chalinish holatlari ko‘p sonda qayd qilingan 7 ta davlat fuqarolariga elektron turistik vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatdi. Ushbu chora ostiga tushgan davlatlar orasida Qozog‘iston ham bor.
Foto: Wikimedia
Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabar berdi.
“Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozog‘iston fuqarolariga elektron turistik vizalar berilishi to‘xtatiladi. Ushbu davlatlar fuqarolari Saudiya Arabistoni aeroportlariga kelganda ham turistik vizalar ololmaydilar”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, ushbu davlatlarning avvalroq viza olgan fuqarolari ham hozircha vizalardan foydalana olmaydilar.
Podshohlikda ta'kidlanishicha, bu vaqtincha ko‘rilayotgan choralardir. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni elektron turistik vizasini olish huquqiga ega bo‘lgan 40 dan ko‘proq boshqa davlat fuqarolari avvalgidek bu imkoniyatdan foydalana olishlari yoki aeroportga kelgach viza olishlari mumkin bo‘ladi.
Bir qator davlatlar fuqarolariga Saudiya Arabistoniga tashrif buyurish uchun 2019 yilda ilk bor joriy qilingan turistik viza musulmonlar uchun muqaddas qadamjolar joylashgan Makka va Madinaga tashrif buyurish huquqini bermaydi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e'tiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasi taqdim etishni vaqtincha to‘xtatgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026