Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways’ning 49 foizi va Ucell’ning 85 foizi sotuvga qo‘yilishi mumkin
Prezidentning “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjat bilan davlat aksiya paketlari (ulushlari) xususiy sektorga to‘liq sotiladigan va davlat aksiya paketi (ulushi) to‘liq yoki qisman saqlanadigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, "O‘zbektelekom" AJning 18,8 foizlik davlat ulushini sotish mo‘ljallanmoqda. Saqlanadigan davlat ulushi - 76,0 foiz.
Bundan tashqari, "O‘zbekiston pochtasi" AJning 25,4 foizlik, "Koskom" MChJ (Ucell)ning 85,0 foizlik, "Uzbekistan Airways" AJning 49,0 foizlik davlat ulushini sotish rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, "Uzbekistan Airports" AJ, "Toshshahartransxizmat" AJ, "Xalq banki" ATB va boshqa kompaniyalardagi ulushni to‘liq o‘z qo‘lida saqlab qolmoqchi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026