2020 yilning 1 martidan boşlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olişi va Özbekiston hududida virus tarqalişining oldini oliş maqsadida Seulga bölgan qatnovlarni vaqtinça töxtatib turadi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilişiça, HY514 reys bilan 29 fevral kuni Seuldan uçadigan yölovçilar kelişlari bilan vaqtinçalik turar joyga jönatiladi. Şu munosabat bilan ularni Toşkent aeroportida kutib olmaslik söralgan.

«Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barça reyslarida yuqori xavfsizlik çoralari joriy etilgani, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi davlat çegarasini kesib ötuvçi şaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan ötkazilayotganligi haqida qöşimça ma'lumot bermoqdamiz.

Yölovçilarning vaqtinça joylaştiriş punktida turişlari masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining boş qarorgohiga 71 276 49 66 telefon raqami orqali murojaat qiling», - deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Toşkentdan Jidda va Madinaga reyslar töxtatilgani, u yerdagi özbekistonliklarni qaytariş uçun reyslar taşkillaştirilişi xabar berilgandi.